Belerin "Barsa"ga qaytishni o'ylab ham ko'rmoqchi emas

5 noya 2016, 14:55
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin o'zini Londonda baxtli his qilayotganini ta'kidladi va "Barselona"ga qaytmoqchi emasligini bildirdi.


- Agarda men "Barselona"da o'ynashni istaganimda o'sha yerda qolgan bo'lardim. "Arsenal"ning menga bo'lgan qiziqishidan bosim osmonga etgandi va aynan "kanonirlar" safiga o'tishni istagandim. Endi orqaga qaramoqchi emasman. "Arsenal"ga yordam berishni xohlayman. Futbolchi uchun grand jamoalarning qiziqishi yoqimli, ammo men Londonda baxtliman.

Meni shartnomam hali yana 3 yil o'z kuchida. Meni diqqat-e'tiborim faqat mashg'ulotlar orqali jamoamizning keyingi o'yinlariga tayyorlanishga qaratilgan. Umid qilamanki, "Arsenal" bilan yutuqlarga erishaman.

Hozirda shartnomani uzaytirish borasida shoshilmayapman. "Arsenal"da o'zimni juda erkin va qulay his etyapman. Men imkon boricha bu yerda ko'p vaqt qolishni istayman.


O'xshash yangiliklar


Manba: Evening Standard