Belarus chempionatini Sky Sports tahlil qilmoqda, Tojikiston yuqori ligasini esa …

Eldor Akmurzayev
7 apr 2020, 21:35
APLning bosh televizon homiysi Sky Sports Belarus chempionati o'yinlarini tahlil qilishni boshladi.

Jumladan, liganing 3-turidan o'rin olgan bellashuvlardagi qiziqarli vaziyatlar efir orqali namoyish etilgan.


Xabaringiz bor, Tojikiston chempionatining yangi mavsum ham start olgan. Mamlakat futbol federatsiyasi chempionatning ilk turi doirasidagi “Lokomotiv-Pomir” – “Fayzqand” bahsi Serbiyaning “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilgani haqda rasmiy sahifasida tvit qoldirdi.

Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot kotibi Faridun Solievnig so'zlariga ko'ra, Serbiya o'yinlarni namoyish etish bo'yicha translyatsiya huquqiga ega emas, ammo ular tashkilot va “Varzish Sport”dan ruxsat olib, test-rejimida bellashuvlarni namoyish qilmoqda. Shuningdek, Superkubok va 1-tur o'yinlari yozib olingan holda 10ta  davlatda ko'rsatilgani ma'lum bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia