Belarus chempionati. Ikki nafar hamyurtimiz ramziy terma jamoada

Aslanov Jasurbek
20 sen 2021
Football.by nashri talqiniga ko'ra, 23-tur ramziy terma jamoasi e'lon qilindi.

Undan ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi BATE yarim himoyachisi Shahboz Umarov va "Energetik-BGU" hujumchisi Bobir Abdixoliqov o'rin olgan. 

Ma'lumot uchun, Umarov ham, Abdixoliqov ham yakunlangan turda raqib darvozasiga gol urishdi.

Football.by nashri talqiniga ko'ra, 23-tur ramziy jamoasi: Baranovskiy (Slaviya), Bacula (Dinamo Minsk), Sadovnichiy (Neman), Filipovich (BATE), Bikov (Dinamo Minsk), Umarov (BATE), Nar (Slaviya), Ksenofonotov (Vitebsk), Abdixoliqov (Energetik-BGU), Gomza (Gomel), Solovey (Gomel).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia