Bayi va Tuanzebe "Manchester Yunayted"dan ketadi

Alisher
3 iyun 2022
"Manchester Yunayted" himoyachilari Erik Bayi va Aksel Tuanzebe klubdan ketadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, ularning yozgi transfer oynasida klubdan kyetishi borasida allaqachon qaror qabul qilib bo'lingan.

Shu bilan birga, boshqa bir himoyachi Diogo Dalot klubda qoladi.

28 yoshli Bayi o'tgan mavsum 7ta o'yinda maydonga tushdi, 24 yoshli Tuanzebe esa "Aston Villa" safida 13ta o'yinda va "Napoli" libosida 2ta bahsda harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano