

Amaldagi chempionlar bo'lmish leverkuzenliklar bu o'yinda Patrik Shik (13) va Emiliano Buendialarning (45) gollari evaziga g'alabaga erishdi.
Dortmundning "Borussiya" jamoasi esa dramatik bahsda zafar quchdi. 90-daqiqada mezbonlar o'yinchisi Pavel Kaderabek gol urib, "arilar"ni g'alabadan mosuvo qilgandek ko'rindi. Ammo, 90+5 daqiqa Anton Valdemar raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasining g'alabasini taminladi.
"Bavariya" esa ushbu bahsda umuman qiyinchilik his qilmadi. Myunxenliklarning yirik g'alabasini Leroy Sane, Maykl Olise va Erik Dayerning gollari taminladi.



