Baxtiyor Ashurmatov: "Alisher Mahmudov “Navbahor”da qoladi"

Narzulla Saydullayev
16 fev 2015, 09:29
“Lochinlar” kecha “Dinamo”ga qarshi o'tgan sinov-nazorat o'yinidan keyin Toshkentdagi yig'inni yakunladi.
Jamoa safiga himoyachi Temur Kagirov bilan bolgariyalik Emil Mixaylov kelib qo'shilgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Hozircha ular ko'rikdan o'tmoqda.

O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Alisher Mahmudovning “Navbahor” bilan xayrlashishi mumkin ekanligi haqida gap-so'zlar yangragandi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, Mahmudov bu yil ham namanganliklar tarkibida o'ynaydigan bo'ldi. Buni bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov ham rasman tasdiqladi. Shuningdek jarohat sabab maydonga tusha olmayotgan G'ayrat Jo'raev ham jamoada qoladi.
Aytishlaricha Mahmudovning “Navbahor”da qolishi kuni-kecha hal bo'lgan.

Undan oldin futbolchi “Mashal” bilan shartnoma imzolashga ulgurgan ekan. Shu bois vaziyat biroz chigallashgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia