"Bavariya"ga qarshi bahsda o'ynagan PSJ futbolchilaridan biri o'yindan ikki kun oldin tungi klubda "yashagan" ekan

Aslanov Jasurbek
13 mar 2023, 19:13
PSJ futbolchilaridan biri "Bavariya"ga qarshi bahs oldidan sport rejimini buzgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, 8 mart kuni "Alyanc Arena"da o'tkazilgan bahsdan ikki kun avval Parij klubi safida asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilardan biri tonggi soat 6 gacha tungi klubda dam olgan. Bir necha kun avval ham u ziyofatda bo'lgan. Futbolchining ismi aytilmagan.

PSJ ikki o'yin natijasiga ko'ra "Bavariya"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 90min