"Bavariya" yarim himoyachisi "Lids"ga o'tishga yaqin

Alisher
14 iyun 2022, 10:16
"Lids" "Bavariya" yarim himoyachisi Mark Rokaning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Angliya klubi 25 yoshli ispaniyalik futbolchini 15 million evroga xarid qilishga yaqin.

Roka "Bavariya"da 2020 yilning oktyabridan beri harakat qiladi. U 2021/22 yilgi mavsum myunxenliklar tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushdi.

Transfermarkt futbolchining narxini 7 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports