"Bavariya" va "Borussiya" "Barselona" forvardi uchun raqobatlashmoqda

Alisher
25 yanv 2020, 15:11
"Barselona" hujumchisi Karles Peres jamoadan ketishi mumkin.

21 yoshli ispaniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning asosiy tarkibiga kira olmayapti.

Unga Yevropaning top-klublari, xususan "Roma", "Sevilya", "Bavariya" va "Borussiya" (Dortmund) klublari qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, Peresning Kataloniya grandi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum La Ligada atigi 1ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo