"Bavariya" Sanening o'rniga alternativ topib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2019, 17:41
Myunxen jamoasi Leroy Sanening o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi.

"Transfermarkt" nashri xabariga ko'ra, Leverkuzenning "Bayer" jamoasi futbolchisi Leon Beyli "Bavariya" futbolchisiga aylanishi mumkin. Agarda myunxenliklar "Manchester Siti"dan Leroy Sane tranferini hal qila olmasa, yamaykalik futbolchi bilan muzokaralarga kirishadi.

Qayd etilishicha, "Bavariya" vakillari Beylining agenti bilan bu borada gaplashib olgan. 21 yoshli xavbek o'tgan mavsumda "Bayer" tarkibida 29 o'yinda qatnashib, 5 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Transfermarkt