

Myunxenliklar o'yinchi bilan yanvarda muzokaralarni boshlashmoqchi.
Oldinroq xabar berilganidek, Ryudiger "Chelsi" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmayapti. Shu sabab Yevropaning bir qancha top-klublari o'yinchini kelasi yozda erkin agent maqomida o'z safiga qo'shib olish uchun u bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ryudiger "Chelsi"ga "Roma"dan 35 million evro evaziga o'tgan edi.



