"Bavariya" jamoadan ketadigan futbolchilar uchun narx belgilab oldi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2023, 23:31
"Bavariya" Xarri Keynni qo'lga kiritish uchun bir qancha futbolchilarini sotib yubormoqchi.

Oldinroq "Tottenxem" myunxenliklarning 80 mln evrolik taklifiga rad javobini bergandi. "Sky Sport Deutschland" xabariga ko'ra, Germaniya chempionlari hujumchini sotib olish uchun bir qancha futbolchilarini sotib yubormoqchi.

Ayni damda "Bavariya" Rayan Gravenberxni 40-50 mln evro, Buna Sarrni 1-3 mln evro, Aleksandr Nyubelni 5-8 mln evro, Yan Zommerni 8-10 mln evro, Marsel Zabitcerni 15 mln evro, Sado Maneni 20 mln evro, Benjamen Pavarni 35-40 mln evro evaziga sotib yubormoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland