"Bavariya" himoyachisi qatorasiga 11 ta mavsumda Bundesligada gol urdi

7 apr 2019, 03:05
"Bavariya" himoyachisi Mats Hummels "Borussiya Dortmund"ga qarshi uchrashuvda (5:0) to'p kiritishga erishdi.

Mazkur o'yindagi goli orqali 30 yoshli himoyachi ketma-ket 11 mavsumda Germaniya chempionatida o'z ismini tabloga yozdirib qo'ydi.

Ma'lumot uchun, Hummels Bundesligadagi ilk golini Dortmundning "Borussiya" safida 2008 yil 18 oktyabr kuni urgan.  

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia