"Bavariya" himoyachi uchun "Manchester Siti"ga 20-30 mln. evro taklif qiladi.

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2023, 20:13
"Bavariya" "Manchester Siti" himoyachisini xarid qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, gap "shaharliklar" himoyachisi Kayl Uoker haqida ketmoqda. Nemis klubi futbolchini 20-30 mln. evroga sotib olmoqchi.

"Bavariya" ushbu transferni iloji boricha tezroq yakunlashga harakat qilmqda. "Manchester Siti" himoyachisi Tomas Tuxel qo'l ostida o'ynashga qarshi emas.

Uoker so'nggi mavsum "Manchester Siti" safida APLning 27ta uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal