"Bavariya" gretsiyalik himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
14 okt 2023, 16:22
Myunxenliklar safida sog'lom himoyachilar yetishmayapti.

"Bavariya" gretsiyalik 35 yoshli himoyachi Sokratis Papastatopulosni safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar bermoqda "Bild" nashri.

Manbaga ko'ra, Germaniya chempioni Papastatopulosni jamoaning jarohat olgan himoyachisi Dayo Upamekanoga o'shrinbosar sifatida ko'rmoqda.

Avvalroq "Bavariya" Jerom Boatengni jamoaga qaytarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. Qayd etilishicha, Papastatopulos erkin agent bo'lgani uchun myunxenliklar transfer oynasi yopilganiga qaramay, u bilan shartnoma imzolashlari mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild