"Bavariya" Chempionshipga tushib ketgan klub murabbiyini tanladi

Aslanov Jasurbek
25 may 2024, 16:02
"Bavariya" tez orada yangi bosh murabbiy nomini e'lon qiladi.

Bir necha kun oldin mashhur insayder Fabricio Romano "Byornli" bilan Chempionshipga ravona bo'lgan Vensan Kompani "Bavariya" bosh murabbiyligi uchun nomzodlar orasida borligini e'lon qilgan edi.

Romano bugun Kompani nemis grandida ishlashi haqida ishora berdi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" Tomas Tuxel bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano