

"Bavariya" klubi o'z chempionatida rekordlar qayd etishda davom etmoqda. "Kyoln"ga qarshi o'yinning (0:4) 9-daqiqasida Robert Levandovschi raqib darvozasini ishg'ol qildi. Shu tariqa, "Bavariya" klubi Bundesliga doirasidagi ketma-ket 66-o'yinda gol urishga erishdi. Bu natija Germaniya chempionatining mutlaq rekordi hisoblanadi.




