

Jamoa Venesuela va Peruga qarshi o'tkazgan so'nggi bahslarini 2:2 hisobida yakunladi. Argentinalik bazi muxlis va mahalliy OAV qoniqarsiz natijalarda jamoa bosh murabbiyi Edgardo Bausani ayblamoqda. Tanqid "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga ham tegishli. Ko'pchilikning fikricha, Bausa milliy jamoaga faqat Messining do'stlarini taklif qilmoqda.

