Batshuayi: "Chelsi"ga 3 ochko olishda yordam berganimdan xursandman"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2017, 18:14
"Chelsi" hujumchisi Mishi Batshuayi "Uotford"ga qarshi APLning 9-tur uchrashuvida (4:2) qayd etgan dubli haqida firk bildirdi.

Belgiyalik zaxiradan maydonga tushib, o'z jamoasiga irodali g'alabani qo'lga kiritishda yordam berdi.

"Bo'shashayotganim yo'q, mashg'ulotlarni davom ettiryapman. Bu men uchun foydali bo'ldi, chunki maydonga tushib, 2ta gol urdim va jamoamga 3 ochko olishda yordam berdim.

Baxtliman, qiyin vaziyatda o'z jamoaga foyda keltirdim, endi keyingi bahs haqida o'ylash kerak" - deydi Batshuayi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com