Bartomeu Turan bilan uning "Barselona" o'tishi borasida kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2015, 10:45
Xosep Mariya Bartomeu "Atletiko" yarim himoyachisi Arda Turanning Kataloniya klubiga o'tishi borasida kelishib oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, turk futbolchisining o'yini ko'k-anorranglilar bosh murabbiyi Luis Enrikega juda yoqadi vva u Ardani sotib olishni so'ragan.

Turanning poytaxt klubi bilan shartnomasi 2017 yilgacha belgilangan, ammo u "Atletiko"ni tark etmoqchi. Uning agenti, futbolchining Angliya Premer-ligasida o'ynashni istayotganini ma'lum qilgan edi. Turanning transfer bahosi 41 mln. evro.

Oldinroq Bartomeu ismi oshkor etilmayotgan futbolchi bilan "Barselona"ga o'tishi borasida kelishib olgani xabar qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com