“Barselona”ning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi ma'lum bo'ldi

25 mar 2020, 09:36
Kataloniya klubi Obameyangga zaxira varianti sifatida ko'rmoqda.

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida bor e'tiborini “Inter”dan Lautaro Martinesni sotib olishga qaratadi. Avvalroq “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyangning Kataloniyaga ko'chib o'tishi mumkinligi aytilgandi. Biroq gabonlik hujumchiga faqat zaxira varianti sifatida qaralmoqda.

“Barselona” Martines uchun “Inter”ga 80 mln evrolik taklifni yuborib, rad javobini olib ulgurdi. Lautaroning shartnomasida tovon puli sifatida 111 mln evro ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Star