

L’Equipe va RMC Sport nashrlarining ma'lumot berishicha, klubning yangi ustozi "Barselona" va "Arsenal" jamoalarida o'ynagan sobiq himoyachi Silvino bo'ladi.
U 2 yillik shartnoma imzolaydi. Bu qaror "Lion" klub direktori bo'ladigan Junino Pernambukano tomonidan qabul qilingan deyiladi.
Silvino shu paytga qadar klub darajasida bosh murabbiy bo'lib ishlamagan. Braziliyalik mutaxassis faqat Braziliya yoshlar termasi va asosiy jamoaning shtabida faoliyat yuritgan.
Eslatib o'tamiz, 45 yoshli Silvino 2004-2009 yillarda "Barselona" klubida o'ynagan.





