"Barselona"ning "Real"ga qarshi o'yin qaydnomasi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
23 okt 2021, 20:09
"Barselona" Ispaniya chempionatining 9-turidan o'rin olgan "Real"ga qarshi o'yin qaydnomasi ma'lum bo'ldi.

"Valensiya"ga qarshi o'yinning 87-daqiqasida (3:1) jamoa tarkibida debyut qilgan hujumchi Serxio Aguero qaydnomadan o'rin olgan.

"El-klassiko" ertaga, 24 oktyabr kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19.15 da boshlanadi.

"Barselona" ayni damda turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda. "Real" esa uchinchi pog'onani egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com