"Barselona"ning kolumbiyalik futbolchisi qaysi raqamda o'ynaydi?

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2018, 12:55
"Barselona" klubi 12 yanvar kuni "Palmeyras" himoyachisi Yerri Minani sotib olgani haqida e'lon qiladi.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, jamoaning yangi futbolchisi "Barselona" sobiq himoyachisi Jeremi Matyo raqamida (24) o'ynaydi.

Oldinroq, OAVda Mina "Barselona" bilan 4 yillik shartnoma imzolagani, Kataloniya klubi esa futbolchi uchun Braziliya klubiga 12,3 mln. evro to'lashi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia