“Barselona”ning ikki yetakchisi “Napoli”ga qarshi javob bellashuvida qatnashmaydi

26 fev 2020, 09:27
“Napoli”-“Barselona” o'rtasidagi YCHL 1/8 finali ilk bellashuvi 1:1 hisobida yakuniga etdi.

Uchrashuvda mehmonlar yarim himoyachisi Serxio Buskets sariq kartochka oldi. Bu Serxio uchun YCHL joriy mavsumidagi uchinchi sariq kartochka bo'ldi. Endi Buskets 18 mart kuni “Kamp Nou”da bo'lib o'tadigan javob o'yinida qatnashmaydi. Shuningdek, 89-daqiqada qizil kartochka olgan Arturo Vidal ham “Barselona”ga javob o'yinida yordam bera olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia