"Barselona"ning 4 futbolchisi terma jamoalarda jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
24 sen 2022, 11:04
Kataloniya klubi bir vaqtning o'zida o'z terma jamoalarida jarohat olgan 4 nafar asosiy futbolchisini yo'qotdi.

Urugvay va Fransiya terma jamoalaridan himoyachilar Ronald Arauxo va Jyul Kunde jarohat olgan. Niderlandiya terma jamoasi uchun o'yinda yarim himoyachi Frenki de Yong va hujumchi Memfis Depay jabrlandi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona"ning navbatdagi o'yini 1 oktyabr kuni safarda "Malorka"ga qarshi o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Blaugranes