

"Hech kim "Barselona"ning qanchalik katta muxlisi ekanligim va qanchalik ushbu klubda qolishni xohlashimga shubha qilmasa kerak. Agar ikki tomon nimadir ro'y berishini xohlasa, bu ro'y beradi. Barchasi uchun "Barselona"dan qarzdorman", - dedi Yamal.
Lamin joriy mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 15ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat bitimi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



