"Barselona" Yumtiti bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo MYU tufayli ish qiyinlashmoqda

Aslanov Jasurbek
15 fev 2018, 18:12
"Barselona" rahbariyati jamoa himoyachisi Samuel Yumtiti bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara o'tkazdi.

Avvaliga Yumtiti kelishuvni uzaytirishga qarshi emas edi, bu haqda uning agenti Kataloniya klubiga ma'lum ham qilgan. Yumtitining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi va tomonlar bitimni yana 5 mavsumga uzaytirishni ko'rib chiqishmoqda. "Barselona" rahbariyati Yumtiti bilan muzokaralarni kelasi mavsumning o'rtasida boshlamoqchi edi, biroq futbolchiga bir nechta Yevropa klubi qiziqa boshlaganidan so'ng, ispan grandi voqealar rivojini tezlashtirmoqchi. Masalan, u qishda "Manchester Yunayted"dan taklif oldi. Mankunianlar unga yillik maoshi 6 mln. evro bo'lgan bitim taklif qilishdi, Yumtitining ayni damdagi maoshi ancha past. "Barselona" maoshni oshirishga tayyor, biroq "Manchester Yunayted" takliflari ko'k-anorranglilarnikidan ancha foydaliroq.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es