"Barselona" yoshlar tarkibidagi 8 futbolchisini "Shaxtyor" bilan o'yin qaydnomasiga kiritadi

Mirjalol Normatov
25 okt 2023, 00:33
"Barselona" yoshlar jamoasi tarkibida o'ynaydigan 8 nafar futbolchini "Shaxtyor" bilan o'yin qaydnomasiga kiritadi.

Ertaga ushbu jamoalar YCHLning 3-turi doirasida o'zaro o'yin o'tkazishadi.

Bahs qaydnomasiga "Barselona" 20 nafar futbolchini kiritadi, shularning 8 nafari zaxira jamoasidan bo'ladi. Ular - Ander Astralaga, Lamin Yamal, Mark Kasado, Fermin Lopes, Pau Kubarsi, Aleish Garrido, Mark Giu va Ektor Fort.

Qayd etish kerak, Giu va Fort kabi futbolchilar seshanba tongida YCHL uchun ro'yxatdan o'tkazilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo