"Barselona" yaxshi taklif olsa, Arauxoni sotishi mumkin. Klub va himoyachi "sovuq urush" holatida

Alisher
28 sen 2024, 01:28
"Barselona" yaqin qishda Ronald Arauxoni sotishi mumkin.

Agar kataloniyaliklar yaxshi taklif olishsa yoki o'zlari mos variant topishsa, himoyachini ehtimoliy transfer uchun taklif qilishadi.

Futbolchining o'zi yozda olgan jarohatidan tiklanishga e'tiborini qaratgan, qaytganidan so'ng esa mavjud variantlarni o'rganishga tayyor. Urugvaylik jamoa moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq holatni yaxshilashi kerakligini tushunadi. U sog'lom futbolchi uchun maoshlar chegarasidan foydalanish maqsadida uni yangi mavsum uchun ro'yxatdan o'tkazishmaganda xafa bo'lgandi.

Qayd etilishicha, Arauxo va "Barselona" "sovuq urush" holatida. Himoyachi 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirishi mumkin, ammo har qanday shartlar evaziga ham emas.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport