"Barselona" yanvarda transferlarni amalga oshirish uchun 3 nafar futbolchidan qutulmoqchi

Sherzod Nurmatov
28 okt 2022, 15:34
Kataloniyaning "Barselona" klubi yanvar oyida jamoadan ketadigan futbolchilar ro'yxatini shakllantirdi.

Sport.es xabariga qaraganda, "ko'k-anorranglilar"  Jerar Pike, Jordi Alba va Memfis Depay bilan hamkorlikni to'xtatmoqchi.

Manbaga ko'ra, bu qadamlar klub uchun to'lanadigan maoshlar summasini kamaytirish uchun zarur. Bu "ko'k-anorranglilar"ga yanvardagi transfer bozorida faol bo'lish imkonini beradi.

"Barselona" ayni damda La Liga turnir jadvalida "Real"dan 3 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. Chempionlar Ligasida esa guruhdan chiqa olmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es