"Barselona" yana bir futbolchini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2018, 11:03
"Barselona" 12 yanvar kuni jamoaning yangi futbolchisini tanishtiradi.

"Palmeyras" himoyachisi Yerri Mina ertaga "Barselona" futbolchisi sifatida e'lon qilinadi. Ma'lumotlarga ko'ra, u Kataloniya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Bitimdagi tovon puli esa 100 mln. evro. Ko'k-anorranglilar kolumbiyalik futbolchi uchun 12,3 mln. evro to'lashadi.

Avvaliga "Barselona" Minani joriy mavsum oxirida xarid qilmoqchi edi, biroq klub voqealar rivojini tezlashtirdi. Bunga himoyachi Samuel Yumtitining jarohati va Xaver Maskeranoning klubdagi kelajagi noaniqligi sabab bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS