

"Barselona" klubi "Los-Andjeles Gelaksi" klubi himoyachisi Xulian Arauxoni sotib oldi. 21 yoshli futbolchi "Barsa" bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi. Meksikalik yosh himoyachi tez orada "Barselon B" jamoasi safiga qo'shiladi.
Taniqli insayder Fabrcio Romanoning ma'lum qilishicha, "Barselona" ushbu futbolchini bonuslar bilan hisoblaganda deyarli 4 mln evroga sotib olgan.
Ma'lumot uchun, Xulian Arauxo 2022 yilda MLSda 31 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golli pas bergan.



