"Barselona" Villian uchun so'nggi urinishni amalga oshiradi

8 apr 2020, 19:21
Kataloniyaliklar "Chelsi" yarim himoyachisi Villian bilan shartnoma imzolash fikridan qaytmagan.

"Sport.es" sayti xabarida takidlanishicha, "Barselona" braziliyalik xavbek bilan shartnoma imzolash uchun so'nggi urinishni amalga oshiradi. Agar joriy yozda bitim imzolanmasa, keyingi transfer oynalarida Villian "ko'k-anorranglilar"ning short-listidan o'rin egallamaydi.

Ma'lumot uchun, APLning ushbu mavsumida 28 o'yin o'tkazgan 31 yoshli futbolchi 5ta golga mualliflik qilgan.

Angliya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es