“Barselona” Vermalen bilan shartnomani uzaytirmoqchi
20 mar 2018, 23:42
Football Espana nashrining xabariga ko'ra, Kataloniya klubi markaziy himoyachining shartnomasini uzaytirishga tayyor.
32 yoshli belgiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha mo'ljallangan. Ammo ko'k-anorranglilar rahbariyati futbolchining joriy mavsumdagi o'yinlaridan ko'ngli to'lmoqda va u bilan yangi kelishuvga erishish niyatida.