"Barselona" vaziyatni og'irlashtirmaslik uchun Alvesni jazolamaydi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2016, 10:36
"Barselona" rahbariyati himochi Dani Alvesni "Instagram" tarmog'iga joylagan g'alati video uchun uni jazolamaydigan bo'ldi.

Video ko'plab bahs va munozaralarga sabab bo'ldi. Kataloniya klubi vakillari bu harakatlardan o'zini haqoratlangan deb hisoblab, "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeuga murojaat qilishdi va ko'k-anorranglilar rahbariyati braziliyalikni jazolamoqchi edi. Ammo "Barselona"dagilar vaziyatni og'irlashtirmaslik uchun jazoni kechiktirishga qaror qildi. Rejalarga ko'ra, joriy mavsum yakunlanganidan so'ng klub rahbariyati bu borada kerakli choralarni ko'radi.

Videoda Alves ayollar parigini kiyib, "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatdan xafa bo'lmaslikka chaqirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es