"Barselona" vakili Pogbaning transferi borasida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
15 avg 2018, 22:27
"Barselona"ning transferlar ishlari bo'yicha maslahatchisi Ariedo Brayda yarim himoyachi Pol Pogbaning ehtimoliy transferi borasida ma'lumot berdi.

"Biz uni jamoaga olib kelmoqchi bo'lganmiz. Ammo hozir bu borada hech qanday gap so'z yo'q. Uni sotib olish bo'yicha ishlar olib bormayapti. Nima bo'lgan taqdirda ham Pogba buyuk futbolchi bo'lib qoladi", - dedi Ariedo Brayda.

Oldinroq "Barselona" Pol Pogba bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgani haqida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo