"Barselona" va "Liverpul" bitta o'yinchiga da'vogarlik qilmoqda

Tolibjon Qosimov
22 apr 2019, 13:40
"Lill" forvardi Nikolya Pepe "Barselona" va "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Bu haqda francuz OAVlari xabar tarqatdi.

"Le10Sport"ning ma'lumot tarqatishicha, bu klublar da'vogarlar orasida. Shuningdek, futbolchiga "Inter", "Chelsi", "PSJ" va "Bavariya" ham qiziqmoqda.

23 yoshli ivuarlik joriy mavsum "Lill" uchun 36ta o'yin o'tkazdi va 20ta gol urib, 14ta golli pas berdi. Uning shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" Pepeni 40 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Le10Sport