"Barselona" va Levandovski shartnomani bir yilga uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
12 fev 2025, 16:24
"Barselona" va Robert Levandovski shartnomani bir yilga uzaytirishadi.

Hujumchining amaldagi kelishuvida agar u mavsumdagi o'yinlarning yarmida ishtirok etsa, shartnomani avtomatik uzaytirish bandi bor edi. Polyak dushanba kuni "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda bu ko'rsatkichga etadi.

Ammo, tomonlar bu vaziyatni kutmasdan, yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi. U bir mavsumga mo'ljallangan va o'zida shartnomani uzaytirish bandini aks ettirmaydi.

Levandovski joriy mavsum "Barselona" safida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo