"Barselona" va "Bavariya" yulduzlarini alishishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
12 sen 2024, 15:29
"Barselona" bo'lajak transfer oynalarida qanday qilib tarkibni kuchaytirish borasida ishlarni boshlab yuborgan.

"TodoFichajes"ning xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" qishdayoq 29 yoshli o'ng qanot himoyasida ham, markaziy yarim himoyada ham birdek foydali harakat qila oladigan Yozua Kimmixni sotib olishlari mumkin. Manbaning aytishicha, "Bavariya" qishda Kimmix bo'yicha muzokaralarga kirishishga rozi, agarda "Barselona" Frenki de Yong transferi bo'yicha talablarini kamaytirsa. 

27 yoshli niderlandiyalik xavbek anchadan buyon Bundesliga grandi qiziqishiga sabab bo'lmoqda va myunxenliklar vaziyatdan unumli foydalanib qolishni mo'ljallashgan. Ta'kidlab o'tamiz, Yozua Kimmixning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan bo'lsa, Frenki de Yongniki – 2026 yil yozigacha.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: TodoFichajes