

Ma'lumotlarga ko'ra, 1940 yil Barselonada paydo bo'lgan Grifols farmacevtika kompaniyasi stadion nomini sotib olish uchun asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turibdi. Kelishuv yaqin haftalarda amalga oshishi mumkin.
Iyulda "Barselona" "Kamp Nou" nomini sotishdan 300 mln. evro ishlab olmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi. Aprel oyida klub 600 mln. evro evaziga stadionni rekorstrukciya qilishi ma'lum bo'ldi.



