"Barselona" transfer oynasi yakuniga qadar to'rt nafar futbolchisidan qutulmoqchi

Оқил Абдубарноев
28 yanv 2022, 21:22
Kataloniyaning "Barselona" klubi qishki transfer oynasi yakuniga qadar bir vaqtning o'zida bir nechta futbolchidan qutulmoqchi.

Ro'yxatga Oskar Minges, Riki Puche, Inyaki Pene va yozda klub bilan shartnomasi nihoyasiga etadigan Usmon Dembele kiritilgan.

Manbaning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi allaqachon bu futbolchilar uning kelajakdagi rejalariga kirmasligini aytgan. Transfer oynasining so'nggi kunlarida klub ushbu futbolchilar uchun xaridorlarni topish ustida bosh qotiradi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Usmon Dembelega PSJ va Londonning "Chelsi" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgandi, fransiyalik futbolchi o'zining sobiq ustozi Tomas Tuxel bilan ishlamoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Diario Sport