"Barselona" tezroq Dembele bilan shartnoma imzolamoqchi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2022, 22:23
25 yoshli futbolchining yangi mavsumdagi ajoyib startidan so'ng "ko'k-anorranglilar" allaqachon kelishuv muddatini uzaytirishni xohlab qolishdi.

Yozda Usmon Dembele bilan 2 yilga mo'ljallangan bitim tuzilgan edi.

Forvard jamoa ustozi Xavi Ernandesning oldingi chiziqdagi tanlangan uchligining biri sifatida munosib o'yin ko'rsatmoqda. U hujumda Robert Levandovski va Rafinya bilan birga raqib darvozasiga xavf tug'dirishni muvaffaqiyatli bajaryapti. 

Dembele ushbu mavsumda La Liga doirasida 7 ta o'yinda ishtirok etdi va 2 ta gol urib, 4 ta golga asistentlik qildi.

Dembele bilan bog'liq holat tezda hayratlanarli darajada o'nglandi. Yanvar oyida u hatto o'ziga yangi klub izlashi mumkinligi aytilgandi. 

Yangi shartnomaga imzo chekishidan avval 30 iyunda u jamoadan ketganlar qatorida edi. U aynan xuddi shu holat yana takrorlanmasligi uchun Kataloniya klubi bilan kelishuvni uzoq muddatga cho'zib qo'ymoqchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo