"Barselona" qishda Umtiti bilan hayrlashmoqchi. U baribir maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
5 okt 2021, 23:29
Fransiyalik himoyachining "Barsa"dagi sarguzashtlari o'z yakuniga etmoqda.

"Barselona" klubi o'z himoyachisi Samuel Umtiti bilan yanvar oyida xayrlashish niyatida. 27 yoshli himoyachi ushbu mavsumda rasmiy o'yinlarda bir daqiqa ham maydonga tushgani yo'q.

Klub himoyachidan o'tgan yozning o'zidayoq voz kechmoqchi edi. Ammo, Umtiti barcha takliflarni rad etib klubda qolishga qaror qilgandi. 

Hozirda klub qiyin ahvoldaligi sabab, maydonga tushmayotgan barcha futbolchilardan qutilish niyatida. Agar fransiyalik bunga rozi bo'lmasa, qattiqroq choralar ko'rilishi mumkin. Unga bo'lgan takliflar hali hamon bor va futbolchi ulardan birini tanlashiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport