"Barselona" ofisidagilar 3 kun juda band bo'lishadi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 14:43
"Barselona" direktorlari qishki transfer oynasi yopilguniga qadar bir nechta muammolarni hal qilishi kerak.

Ayni damda Kataloniya klubidagilar quyidagi ishlarni qilishi kerak:

- Denis Suares yoki Malkom bilan xayrlashish.

- Todiboni qishda o'z safiga qo'shib olish.

 - Raboning kelajagi.

Denis Suares va Malkom "Barselona" asosiy tarkibiga kira olishmayapti. Klubdagilar bu futbolchilarning biridan qutilishi kerak. Bu yigitlar jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde uslubiga mos tushmayapti.

Bir necha kun oldin "Barselona" "Tuluza" himoyachisi Jan Kler Todibo bilan kelishib olgani va futbolchi yozda Kataloniya klubiga o'tishi e'lon qilingan edi. Ko'k-anorranglilar yoz kelishini kutmoqchi emas. Ular qishdayoq futbolchini o'z safiga qo'shib olish niyatida. Ammo Fransiya klubi himoyachini hozir berib yubormoqchi emas.

PSJ safida maydonga tushmayotgan va klub bilan bitimni uzaytirmagan Adrien Rabo Kataloniya klubining bosh og'rig'iga aylandi. Rabo "Barselona"ga o'tishi aniq bo'lganida futbolchining onasi qo'shimcha pul so'rab, rejalarni chippakka chiqardi. Kataloniya klubidagilar 3 kun ichida ushbu masalani ijobiy hal qilishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport