"Barselona" Neymarning o'rniga kimni xarid qilishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
2 avg 2017, 14:47
"Barselona" rahbariyati Neymarning o'rniga futbolchi topdi.

Agar braziliyalik PSJga o'tsa, Kataloniyaliklar Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Usmon Dembeleni xarid qilishga urinib ko'radi. Ma'lum bo'lishicha, 20 yoshli Dembele klubning asosiy maqsadi.

Usmon Dembele 2016 yilning yozida "Renn"dan "Borussiya"ga o'tgan edi. U hozirgacha nemis klubi safida 49 ta uchrashuvida ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 21 ta golli pas berdi. Fransiyalikning "arilar" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Dembelening transferi 33 mln. evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com