"Barselona" Neymarni qaytarish uchun Koutinoni sotmoqchi

Mirjalol Normatov
21 yanv 2019, 10:55
"Barselona" PSJ forvardi Neymarni jamoaga qaytarmoqchi.

"Daily Express" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Filippe Koutinoni "Chelsi"ga sotib yubormoqchi. Keyinchalik transfyerdan tushgan mablag'ni Neymarni qaytarish uchun ishlatiladi. Oldinroq "Chelsi" Koutino uchun 100 million evro taklif qilgandi.

Bu mavsumda Neymar PSJ tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 20 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express