Barselona Myunxenga uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2013, 15:12
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 12.30 da Kataloniyaning Barselona klubi futbolchilari Germaniyaga uchib ketishdi.
Myunxenda klub Bavariya bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Germaniyaga jami 23 nafar futbolchi uchdi. Ispaniya chempionlari bu o'yindan so'ng Norvegiya poytaxti Oslo shahriga borishadi. U yerda mahalliy Volerenga bilan o'yin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Bavariya – Barselona uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21.30 da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia