"Barselona" muxlislari Messining kyetishida Grizmann va Albani ayblashmoqda

Aslanov Jasurbek
6 avg 2021
"Ko'k-anorranglilar" La Ligadagi maosh chegarasi tufayli Lionel Messi bilan shartnomani uzaytira olmaydi.

Kataloniyaning "Barselona" klubi Lionel Messining jamoadan kyetishini e'lon qildi. Klub muxlislari bu yangilikdan norozi.

Xabar qilinishicha, Kataloniya klubining bazi muxlislari hujumchi Antuan Grizmann va himoyachi Xordi Albani maoshini qisqartirishdan bosh tortganlikda ayblashgan va bu jamoa sardorining shartnomasini uzaytira olmaganining sabablaridan biri deb hisoblaydi.

Argentinalik futbolchining o'zi bolaligidan beri o'ynab kelayotgan klubda qolish uchun maoshini kamaytirishga ham rozi bo'lgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 90min