"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisini xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2022, 11:18
Ammo u zaxira varianti bo'ladi.

"Barselona" Bilbaoning "Atletik" klubi himoyachisi Inigo Martinesni Kataloniya klubini tark etish qarorini rasman e'lon qilgan Jerar Pikega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda, deb xabar berdi Sport.es. Shuningdek, "ko'k-anorranglilar" markaziy himoya chizig'iga chap oyoqda to'p tepuvchi o'yinchi kerak.

Martinesning "Atletik" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi, ammo "Barselona" uni yanvarda o'z jamoasida ko'rmoqchi. Agar kataloniyaliklar Bilbao klubi bilan kelisha olishmasa, "Manchester Siti"dan Emerik Lyaportni sotib olishga harakat qilishadi. Uning transferi Martinesni qo'lga kiritishdan ancha qimmatga tushadi, ammo Kataloniya klubi rahbariyati Lyaportning maqomini yuqori baholaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es